Tavsif
Bu beton, g‘isht, tosh va yog‘ochni burg‘ulash, teshish hamda zarba bilan buzish uchun mo‘ljallangan cho‘tkasiz dvigatelli akkumulyatorli perforator. U 20 V, 4 Ah litiy-ion akkumulyatorda ishlaydi. Aylanish tezligi — 0–960 ayl/daq, zarba chastotasi — daqiqasiga 4400 tagacha, zarba energiyasi — 3 J. Patron o‘lchami — 28 mm. Afzalliklari: • Elektr tarmog‘isiz ishlaydi — akkumulyator uzluksiz ishlaganda 3,5–4 soatgacha yetadi • Cho‘tkasiz dvigatel — kam qiziydi, energiyani samarali sarflaydi va uzoq xizmat qiladi • 3 J zarba energiyasi va vertikal joylashgan dvigatel — zarba kuchidan to‘liq foydalaniladi • 2 ish rejimi — zarba bilan burg‘ulash va faqat zarba • Alyuminiy korpus — mustahkam, yengil va issiqlikka chidamli • Metall tishli g‘ildiraklar hamda laklangan mis obmotka va yakor — yuklamaga bardoshli • Tez zaryadlanadigan litiy-ion akkumulyator — uzoq ish jarayonini ta'minlaydi Qo‘llanish sohasi: Beton devor, ship va pollarda teshik ochish, g‘isht va bloklarda deraza romi va eshik o‘rnatish uchun burg‘ulash, elektr va santexnika montajida sim, quvur va rozetka joylarini tayyorlash, kafel va eski suvoqni ko‘chirish hamda shikastlangan devor qismlarini buzish uchun ishlatiladi. Professional ustalar va qurilish jamoalari uchun mo‘ljallangan.
Maslahat yoki ulgurji narx kerakmi? Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — yordam beramiz.