Tavsif
Bu moysiz, past shovqinli va ixcham havo kompressori. U 220 V tarmoqda ishlaydi, quvvati — 1300 Vt, dvigatel 2800 ayl/daq tezlikda aylanadi. Kompressor daqiqasiga 100 litr havo beradi, ish bosimi — 8 bar, resiver hajmi — 40 litr. Afzalliklari: • Moysiz konstruksiya — beradigan havosi toza • Juda past shovqin darajasi — yopiq xonada ham qulay ishlaydi • 100 l/daq unumdorlik va 8 bar bosim — yengil pnevmatik ishlar uchun yetarli • 40 litrli resiver — siqilgan havo zaxirasini saqlaydi • Ixcham o‘lcham — ko‘chirish va joylashtirish oson Qo‘llanish sohasi: Qisqa muddatli, yengil va aniq ishlar — shinalarni damlash, bo‘yoq purkash, havo bilan tozalash va pnevmatik uskunalar bilan ishlash uchun ishlatiladi. Uy ustalari va ustaxonalar uchun mo‘ljallangan.
Maslahat yoki ulgurji narx kerakmi? Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — yordam beramiz.