Tavsif
Bu betonli, g‘ishtli va boshqa qattiq materiallarda teshish ishlari uchun mo‘ljallangan perforator burg‘isi (bur). Spiral shaklidagi konstruktsiyasi tufayli teshish jarayonida hosil bo‘lgan changni tashqariga chiqarib turadi, bu esa burg‘ining qizib ketishini kamaytiradi va ishlash muddatini uzaytiradi. Xvostovik qismi SDS tizimiga mos kelib, perforatorga tez va ishonchli o‘rnatiladi. Bardoshli qotishma uchi esa qattiq materiallarda ham aniq va tekis teshiklar hosil qilib, uzoq muddat xizmat qiladi. Qo‘llanish sohasi: Beton, g‘isht va tosh devorlarda teshik ochish, dyubel va anker o‘rnatish ishlarida perforator bilan birgalikda ishlatiladi. Qurilish, montaj va ta'mirlash ishlarida — elektr simlari, quvurlar yoki mebel o‘rnatish uchun devorga teshik ochishda keng qo‘llaniladi.
Perforator uchun burg‘i EPA EN-2/PS14-210
Maslahat yoki ulgurji narx kerakmi? Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — yordam beramiz.